Italiya terma jamoasi darvozaboni Djanluidji Donnarumma yozda bo'lib o'tgan jahon chempionatini tomosha qilish juda qiyin bo'lganini tan oldi — buning sababi, turnirda Italiya terma jamoasi ishtirok etmagan.
«Biz birga tariximizni qayta yozishimiz kerak. Barcha bolalar uchun Italiya ishtirok etmagan jahon chempionatini tomosha qilish juda qiyin bo'ldi. Lekin boshimizni baland tutishimiz kerak — boshqa yo'l yo'q», - deya Donnarummaning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi jahon chempionatining final qismida oxirgi marta 2014 yilda qatnashgan. O'sha safar juda muvaffaqiyatsiz o'tdi — Italiya hatto guruhdan chiqib ketolmadi.
