Juventus kapitani Gleyson Bremyer klub tarixiga o‘z nomini yozish va Evropa Ligasini yutish istagida ekanligini ma’lum qildi. Braziliyalik himoyachi UEFA saytiga bergan intervyusida NED bilan bo‘ladigan birinchi tur o‘yini oldidan fikrlarini bildirdi.

«Bu yerda tarixga kirgan ko‘plab himoyachilar bor, ayniqsa, Gaitano Shireya. O‘zimni ular bilan solishtirish juda qiyin, chunki bosim juda katta. Ammo men iz qoldirishni umid qilaman va har doim maydonda 100 foiz kuchimni berishga harakat qilaman», - dedi Bremyer.

Braziliyalik shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Lyuchano Spallettining ta’sirini ham ta’kidladi.

«U bizga yo‘l ko‘rsatdi, yo‘limizni belgilab berdi. Biz uning bilan birga sezilarli darajada o‘sib bormoqdamiz. U yuqori darajadagi murabbiy, chempion va har kuni bizga maqsadlarimizga erishishda yordam bermoqda», - qo‘shimcha qildi Bremyer.

Juventus va NED o‘rtasidagi uchrashuv 17 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.