Markaziy himoyachi Federiko Gatti Turinning «Yuventus» klubida qolmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Nikolo Skira xabar berdi.
28 yoshli italiyalik futbolchiga «Portu» qiziqish bildirdi. Tomonlar yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida muzokaralar olib bordi, lekin shartlar bo‘yicha kelisha olishmadi. Shunday qilib, Federiko «qadimiy qizil-qora»da kamida yanvargacha qoladi.
Ma’lumot uchun, Gatti Turin jamoasida 2022 yilning qishidan beri o‘ynaydi. O‘tgan mavsumda himoyachi «Yuventus»ning 28 uchrashuvida qatnashib, to‘rtta gol urdi. Uning bozor qiymati 14 million evro.
