«Inter»ning kapitani Lautaro Martinez yozda «Barselona»ning qiziqishi haqida ma'lum bo'lgan xabarlarga izoh berdi.
- «Barselona»ning qiziqishi meni faxrlantiradi, lekin men bu yerda qolishni xohlayman. Mening yagona va aniq istagim - «Inter»da qolish. Men bu klubni, bu odamlarni va muxlislarni sevaman. Men bu yerda ular xohlagancha qolaman, - deydi Martinez Sky'ga bergan intervyusida.
Lautaro 2018 yildan beri «Inter»ning ranglarini himoya qilmoqda va jamoaning kapitanidir. Argentinaning milanlik klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha davom etadi, 29 yoshli futbolchining bozor qiymati esa 85 million evroga baholangan.
