Zashitnik Federiko Dimarko «Inter» bilan shartnomasini uzaytirish imkoniyati haqida ma'lumot berdi.

- Biz hali «Inter» bilan yangi shartnoma muhokama qilmadik. Men bu jarayonning o'tgan mavsumdan keyin boshlanishini kutgandim, lekin tez orada buni muhokama qilamiz, - deydi Dimarko Sky'ga bergan intervyusida.

Dimarko «Inter» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Italiyalik futbolchi klubda 2028-yildan beri o'ynaydi. 28 yoshli chap qanot himoyachisi «Inter»da 238 ta o'yin o'tkazib, 26 ta gol urdi va 52 ta golli uzatma berdi.

Dimarkoning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evro deb baholanmoqda.