Italiya chempionatida Seriya Aning beshinchi turi boshlandi, «Monca» «Sassuolo»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindan so‘ng «Monca» murabbiyi Ivan Yurich natijadan mamnunligini bildirib, jamoasi yaxshi chempionat o‘tkazishi mumkinligini aytdi.

«Men bolalar uchun juda xursandman, chunki ularga ushbu uch ochko va o‘zlariga ishonch kerak edi. Ularning ko‘pchiligi Seriya Ada debyut qildi. O‘yinni juda yosh tarkib bilan tugatganimizni o‘ylayman. Men ulardan xursandman. Bugun — ayniqsa birinchi taymda — bizga eng qiyin bo‘ldi. O‘ylaymanki, biz yaxshi chempionat o‘tkazishimiz mumkin», - deydi Yurich derbyderbyderby.it.

Bu «Monca»ning joriy mavsumdagi birinchi g‘alabasi edi.