«Napoli» rasmiy ravishda jamoa kapitani Giovanni Di Lorenzoning shartnomasini uzaytirdi.

33 yoshli himoyachining yangi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Di Lorenzo 2019 yil yozidan buyon neapolitanlar safida o'ynaydi. Shu vaqt ichida italiyalik futbolchi klubda 307 rasmiy o'yin o'tkazib, 20 gol urdi. «Napoli» bilan birga himoyachi ikki marta Italiya chempioni bo'lgan, shuningdek, mamlakat kubogi va superkubogini qo'lga kiritgan.

Hozirgi mavsumda italiyalik Serie Ada neapolitanlar ikki turda uch ochko to'plab, turnir jadvalida 10-o'rinda turibdi. Keyingi turda «Napoli» mehmon sifatida «Inter»ga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv 5 sentyabrda bo'lib o'tadi.