«Inter» Piero Auzilio bilan aloqalarni uzganini va Dario Bacciniyani klubning yangi sport direktori etib tayinlaganini e'lon qildi. Ushbu qaror tomonlarning o'zaro kelishuvi asosida qabul qilingan, deb xabar beradi jamoaning rasmiy sayti.
Auzilio «Inter»da taxminan 28 yil ishlagan. 2014 yildan boshlab u sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Bu davrda milanlik klub uch marta chempionlikni, uch marta Italiya kubogini va uch marta Italiya Superkubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, uch marotaba evrokuboklar finaliga chiqdi.
«Bu yangi qaror, lekin u boshqaruvda uzluksizlikni saqlaydi. Dario klubni yaxshi biladi va yangi roli uchun tayyor», - dedi «Inter» prezidenti Giuseppe Marotta.
Baccini ko'p yillar davomida «Inter»ning texnik bo'limida ishlagan va asosiy jamoa bilan yaqin aloqada bo'lgan. U shuningdek, klubning Seriya Cda qatnashayotgan zaxira jamoasini tashkil etishda ishtirok etgan.
