«Como» himoyachisi Ignas van der Brempt o'z karerasini boshqa italiyalik klubda davom ettiradi. 24 yoshli belgiyalik futbolchi «Sassuolo» safiga qo'shildi, bu haqda klubning matbuot xizmati xabar berdi.
Van der Brempt yangi jamoasida hozirgi mavsum oxirigacha ijarada o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuvda futbolchini ma'lum shartlar bajarilganda sotib olish imkoniyati ko'zda tutilgan.
O'tgan mavsumda Italiya chempionatida markaziy himoyachi «Como» uchun 20 ta o'yin o'tkazdi. Belgiyalik futbolchi bir assist berdi va ikki sariq kartochka oldi.
Bugungi kunda «Sassuolo» Seriya A jadvalida 13-o'rinda turibdi.
