24 yoshli argentinalik yarimhimoyachi «Boka Xunyorz»dan Esekiel Sebalyos Italiya chempionatida faoliyatini davom ettiradi.
Fabrizio Romano tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra, qanot o'yinchisi yangi jamoasi «Monca» bo'ladi. Italiya klubi o'yinchining o'tishiga rozi bo'ldi. Sebalyos uchun «Monca» to'rt million evro to'laydi. Tez orada Esekiel tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnoma imzolaydi.
Yangi mavsumda Seriya Ada ikki o'yin o'tkazganidan so'ng, «Monca» hali biror ochko to'plamadi. Jamoa turnir jadvalida oxirgi o'rinlarda joylashgan. Klubning keyingi o'yini 6-sentabr, yakshanba kuni «Parma»ga qarshi safarda bo'lib o'tadi.
