Kanadalik hujumchi Jonatan Deyvid Turinning «Yuventus» klubidan Madridning «Atletiko»siga yozgi transfer oynasi tugashidan oldin o'tishi mumkin.
Fabrizio Romano tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilinishicha, «matraschilar» hujumchini ijaraga olishga tayyor, ammo uning maoshini to'liq o'z zimmalariga olishni xohlamaydilar. «Qadimgi xonim» bilan muzokaralar davom etmoqda. Agar hamma narsa reja bo'yicha ketadigan bo'lsa, shartnoma bugun, 31-avgustda yakunlanishi mumkin.
O'tgan mavsumda Seriya Ada Jonatan Turin jamoasida 35 uchrashuvda ishtirok etdi. Kanadalik futbolchi 6 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.
