«Monca» o'z maydonida «Udineze»ga qarshi Seriya A o'yinida o'ynadi. Mehmonlar natijali uchrashuvda 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

Fruilyatslar birinchi bo'lib hisobni ochdi. 32-daqiqada gol urgan Jakub Pyotrowskiga Hassan Kamara assistentlik qildi. Biroq, «Monca» tezda javob qaytarib, Andrea Kolpani yordamida hisobni tenglashtirdi. Tanaffusga yaqin, «Udineze»dan Hassan Kamara va Yurgen Ekelenkamp gol urishdi.

Gustavo Varela 63-daqiqada «Monca»ni o'yinga qaytardi. Qolgan vaqtda mezbonlar hisobni tenglashtirishga harakat qilishdi, ammo «Udineze» yaxshi himoya qilib, g'alabani qo'ldan boy bermadi.

«Udineze» ikki turdan so'ng to'rt ochko to'pladi. «Monca» esa ketma-ket ikkinchi o'yinini ham mag'lubiyat bilan yakunladi.

Olish