«Barselona»ning sport direktori Dekku milanlik «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesning amalga oshmagan transferi haqida fikr bildirdi.
«Nerazzurri» sardori o‘tgan yozda kataloniyalik katta klubning qiziqish ro‘yxatida bo‘lgan, ammo aniq kelishuvga erishilmagan.
«Lautaro – «Inter» muxlislarining qahramoni, klub afsonasi, biz bunga hurmat bilan yondoshamiz. Men uni fantastik o‘yinchi va ajoyib kapitan deb hisoblayman. «Inter» bizga Martines sotilmaydi deb xabar berganida, biz bu mavzuni chuqurlashtirmadik va muhokama qilishni davom ettirmadik. Biz oqilona va shaffof harakat qilishga intilamiz. «Inter» prezidenti rad javobini berganida, biz hurmat bilan bosim o‘tkazmadik. Bizda Lautaro yoki uning agenti bilan aloqalar bo‘lmagan, garchi biz bu o‘yinchini juda yoqtirganmiz va shaxsiy ravishda unga hayratlanaman», – deya iqtibos keltiradi Inter Xtra Dekku.
Transfer oynasi yopilishidan oldin «Barselona» «Arsenal»dan Gabriel Jeyzusni sotib oldi.
