Klublar Seriya A qishki transfer oynasini 2026-27 mavsumida 2 yanvar o'rniga 28 dekabrda ochishni taklif qilishdi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

Initsiativa Italiya futbol federatsiyasi tomonidan ma'qullandi, ammo oxirgi tasdiq uchun FIFA roziligi kerak.

Dastlab, transfer oynasi 2027 yil 2 yanvarda ochilishi rejalashtirilgan edi. Klublar, sanani 28 dekabrga o'zgartirish, joriy moliyaviy yilda bir qator bitimlarni amalga oshirish imkonini beradi deb hisoblashmoqda, bu esa byudjetlarni muvozanatlashishga yordam beradi.

Oyna 2027 yil 1 fevralda yopilishi rejalashtirilgan. Ushbu yangilik Seriya A, B va C klublariga taalluqli bo'ladi.