«Milan» «Galatasaray»dan qanot o'yinchisi Rafaelu Leau uchun taklif oldi.
Klub vakillari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar bo'lib o'tdi. Jurnalist Janluiji Longari ma'lumotlariga ko'ra, turk chempionatining buyuk klubi portugaliyalik futbolchi uchun 44 million evro taklif qilgan, bunda oson erishiladigan bonuslar hisobga olingan. «Rossonerilar» 27 yoshli futbolchini sotishga moyil. O'yinchiga Istanbul klubi yiliga taxminan 12 million evro to'lashga tayyor, deb xabar bermoqda manba.
Rafaelu Leauning bozor qiymati Transfermarkt portalida 50 million evroga baholangan, uning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarida tugaydi.
