«Latsio» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo xalqaro o'yinlar sababli uzoq muddatli tanaffus jamoaga ta'sir qilishi mumkinligidan xavotirda. Rimliklar besh turda 13 ochko to'plab, Seriya Ada uchinchi o'rinda bormoqda.
«Men bunday holatga Valensiyada duch kelganman, jahon chempionati dekabrda o'tganida. 20 kun o'ynamasak, adrenalin pasayadi, bu kuchni pasayishiga yo'l qo'ymasligimiz kerak», - deydi mutaxassis Football Italia'ga.
Murabbiy shuningdek, «Latsio»ning muvaffaqiyatli mavsumni boshlashiga yordam bergan futbolchilarni ta'kidladi.
«Barcha maqtovlar o'yinchilarga tegishli. Jamoa qiyin ishni qabul qiladi, mashg'ulotlarga tabassum bilan keladi, agar biz bu muhitni saqlay olsak, ko'p ijobiy his-tuyg'ular olamiz».
Keyingi chempionat o'yinida 11 oktyabrda «Latsio» «Monza» bilan uchrashadi.
