Stambulning «Galatasaray» klubi Rafael Leao bilan shaxsiy shartnomasi shartlarini kelishib oldi va «Milan» rahbariyatiga yangi taklif taqdim etdi.

Taklifning aniq miqdori oshkor qilinmagan, lekin pianetamilan.it manbasi, jurnalist Klaudio Raymondiga tayanib, taklif  Leao uchun «Milan» tomonidan talab qilingan 50 million evroga yaqin ekanligini ma'lum qildi. «Galatasaray»ning dastlabki 35 million evro taklifi rad etilgan edi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi 2019 yildan buyon «Milan»da o'ynaydi, avval esa Lissabondagi «Sporting» va fransuzning «Lille» klublarida o'ynagan.