Hujumchi «Fiorentina»dan Moyze Kinning «Komo»ga transferi bu yozda amalga oshmasligi mumkin, deb xabar bermoqda insayder Janluka di Marzio.

Manbaning ma'lum qilishicha, florentsiyalik klub Kin uchun optimal o'rinbosar topishni xohlaydi, faqat shundan so'ng uning ketishiga ruxsat beriladi. Aks holda, «fiolki» futbolchini joriy transfer oynasida sotishdan voz kechadi.

Oldinroq xabar berilganidek, «Komo» Kinning transferi uchun taxminan 40 million evro taklif qilishi mumkin.

Moyze 2024 yil yozida turinlik «Yuventus»dan «Fiorentina»ga o'tgan. O'tgan mavsumda Seriya Ada hujumchi 26 o'yinda sakkiz gol urdi va bir assist berdi.