Turinning Yuventus yarim himoyachisi Fabio Miretti turk chempionatida o'z karerasini davom ettirishi mumkin. Insider Yagiz Sabuncuoglu ma'lumotlariga ko'ra, Istanbulning Beshiktash klubi ushbu futbolchini o'z safiga qo'shib olishni xohlaydi.
Turkiya tomoni Yuventus vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Klublar o'rtasida kelishuvga yaqinlashilgan.
Miretti Yuventus akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi. U Turin jamoasi safida jami 106 uchrashuv o'tkazib, 3 gol urgan va 6 golli uzatma bergan.
Yarim himoyachining mehnat shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi. O'yinchining bozor qiymati 15 million evroga baholanmoqda.
