Ivoryar yarim himoyachi Frank Kessi, «Barselona» va «Milan»da o'ynagan, Italiyaga Seriya Aga qaytishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Fabrizio Romano ma'lum qildi.

Manbalarga ko'ra, 29 yoshli futbolchiga Turinning «Yuventus» klubi qiziqmoqda. «Qadimiy sinyora» futbolchining vakillari bilan potentsial kelishuv bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda.

Hozirda Kessi erkin agent statusida. U oxirgi marta saudiya «Al-Ahli» klubida faoliyat yuritdi va joriy yozda mehnat shartnomasining muddati tugagach, jamoani tark etdi.

O'tgan mavsumda yarim himoyachi 39 ta uchrashuv o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 5 ta assist berdi.