Legenda «Roma» Francesco Totti o'zining bir jamoada o'ynashni xohlagan futbolchini nomladi. U braziliyalik hujumchi Ronaldoni tanladi.

«Agar orqaga nazar tashlasam, men Ronaldo bilan o'ynashni xohlar edim. Men «Fenomen»ga karerasida bo'lganidan uch baravar ko'p gol urishga yordam berardim. Bizda yarim so'zdan tushunish bo'lardi», - deydi sobiq futbolchi Tuttomercatoweb.

Ma'lumki, o'zining professional karerasida Ronaldo PSV, kataloniyalik «Barselona», milanlik «Inter», madridlik «Real», «Milan», shuningdek, braziliyalik «Kruzeyro» va «Korintians» jamoalarida o'ynagan.

Braziliya terma jamoasi safida «Fenomen» 98 uchrashuvda 62 gol urgan.