Belgiya hujumchisi «Lion» Malik Fofana italiyan chempionatiga ko'chishi mumkin, chunki unga «Roma» qiziqish bildirmoqda. Bu haqda mashhur insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.

Futbolchi va rimliklar o'rtasidagi kelishuv shartlari o'tgan haftada tasdiqlangan. Endi moliyaviy masalani «Lion» bilan hal qilish qolmoqda. «To'qimachilar» rahbariyati o'yinchini sotishdan 35 million yevrodan ko'proq daromad olishni maqsad qilgan.

O'tgan mavsumda Fransiya chempionatida Fofana 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Hujumchi ikki gol urdi va uchta golli uzatma berdi. Uning «Lion» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.