«Inter» prezidenti Djuzeppe Marotta Lautaro Martinesning kelajagi haqida savolga javob berdi. Avvalroq «Barselona» Martinesni qo'lga kiritishga urinishlari mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
«Inter»ga Lautaro Martines 2018-yil yozida argentinalik «Rasing»dan kelgan. Milan jamoasi safida hujumchi 377 o'yinda 175 gol urdi va 56 ta golli uzatma berdi.
