Ikki futbolchi «Milan»dan joriy mavsum tugagach ketadi.
Foot Mercato ma'lum qilishicha, «Milan» himoyachi Fikayo Tomori va yarimhimoyachi Ruben Loftus-Cheek bilan mehnat shartnomalarini uzaytirmoqchi emas. Ikkala futbolchining ham shartnomalari kelasi yozda tugaydi.
Ma'lum bo'lishicha, ushbu futbolchilar bilan aloqani uzish «Milan»ga yillik maoshlar bo'yicha taxminan o'n million evro tejash imkonini beradi.
Bundan tashqari, manba Tomorini yanvar oyida klubdan ketish ehtimolini istisno qilmaydi, ammo Loftus-Cheek katta ehtimol bilan shartnoma tugaguncha klubda qoladi.
Beshta turdan so'ng «Milan» Italiya chempionatining Seriya A jadvalida beshinchi o'rinda turibdi va 11 ochko to'plagan.
