Yarim himoyachi Tyon Kopmeyners «Yuventus»dan ketishga yaqin. Goal.com ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli gollandiyalik o'yinchi Turin klubining bosh murabbiyi Luciano Spalletti rejalari orasida yo'q.
Kopmeyners transfer oynasi yopilishidan oldin yangi jamoa topishga umid qilmoqda. O'yinchiga avvalroq Italiya, Turkiya va Angliyadan qiziqish bildirilgan, jumladan «Aston Villa» va «Manchester Yunayted» klublari.
«Yuventus» Kopmeynersni taxminan 30 million yevro evaziga qo'yishga tayyor. Shuningdek, ijaraga berish variantini ko'rib chiqmoqda, ammo turinliklar shartnomaga ma'lum ko'rsatkichlarga erishilganda majburiy sotib olishni kiritishni xohlaydi.
Kopmeyners «Yuventus»ga 2024 yil yozida «Atalanta»dan 58 million evro evaziga o'tdi, ammo kutgan natijalarni bera olmadi. U Turin klubi uchun 90 ta rasmiy o'yinda maydonga tushdi, 7 gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.
