Dushanba kuni Seriya Aning birinchi turida «Roma» «Fiorentina»ni qabul qildi. Rim klubi raqibiga to'rt javobsiz gol urib, yirik g'alabaga erishdi.

Rimliklar 27-daqiqada oldinga chiqishdi. Doniel Malen aniq zarba bilan hisobni ochdi, unga Paulo Dybala assistentlik qildi. Tanaffusdan keyin mezbonlar yana bir bor gol urishdi. Malen ikkinchi golini urdi, yana Dybala assistentlik qildi.

Malen bu bilan to'xtamadi. 60-daqiqada «Djalorossi» hujumchisi hat-trik qayd etdi. Dybala esa uchinchi assistini yozib qo'ydi.

Uch gol ustunligiga ega bo'lishiga qaramay, «Roma» hujumni davom ettirdi va yana bir gol urdi. Ushbu qarama-qarshilikda yakuniy nuqtani Nikolo Pizilli qo'ydi.