Italiyaning Milan klubining sobiq himoyachisi Kristian Panuchchi fransuzning «PSJ» klubidan o‘tgan Gonsalo Ramus o‘yini haqida fikr bildirdi. Panuchchi uning ichida haqiqiy hujumchiga xos fazilatlarni ko‘rmoqda.

«U haqiqiy, o‘ziga xos hujumchi kabi harakat qiladi. Uning Chukvuese uchun bergan paslari juda yuqori darajada edi. Ha, bu avgustdagi futbol, lekin men Milan uchun xavotirlanmayman. Biroq, «Inter» bu mavsumda o‘tgan mavsumga nisbatan yanada kuchliroq bo‘ladi», - deydi sobiq italiyalik futbolchi pianetamilan.it saytida.

Ma’lumot o‘rnida, Kristian Panuchchi 1993-1997 yillarda Milan jamoasida o‘ynagan. Shuningdek, keyinchalik u Madridning Real klubida ham o‘ynagan.