«Roma» rasmiy ravishda «Lion»ga qanot o'yinchisi Malik Fofana uchun transfer taklifini berdi.
Tuttomercatoweb ma'lumotlariga ko'ra, rimliklar futbolchi uchun 40 million evro to'lashga tayyor, shuningdek, kelishuv bonuslar shaklida qo'shimcha to'lovlarni o'z ichiga oladi. Italiyaning ushbu klubi yaqin kunlarda «Lion» bilan yakuniy kelishuvga erishishni umid qilmoqda.
Biroq, «Roma»da raqobatchi bor. O'yinchi uchun kurashga «Galatasaray» ham qo'shildi va u futbolchiga shaxsiy shartnoma bo'yicha yanada foydaliroq shartlar taklif qilmoqda.
Fofana fransuz klubida 2024 yil yanvaridan beri o'ynaydi. Uning bozor qiymati 30 million evroga baholanmoqda.
