«Parma» futbolchisi Dzion Suzuki ning «PSJ» ga o‘tishi xavf ostida qolmoqda.

Jurnalist Fabrizio Romano xabar berishicha, parijliklar seshanba kuni yaponiyalik darvozabonning o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Fransuz klubi hatto Suzuki tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Italiyaga shaxsiy samolyot jo‘natgan.

«Parma» safar uchun ruxsat bergan. Ammo oxirgi daqiqada futbolchining o‘zidan kelib chiqqan muammolar tufayli bitim hozir xavf ostida.

Avvalroq, «PSJ» «Parma» bilan Suzuki transferi bo‘yicha taxminan 35 million evroga kelishuvga erishgani xabar qilingan.