Biz oldin xabar berganimizdek, Stambulning «Galatasaray» klubi, o'zida yarim mavsum o'ynagan Noa Langani qaytarishga qaror qildi va bu borada «Napoli» bilan yana aloqa o'rnatmoqda. Turkiya klubining murabbiyi Okan Buruk qiziqishni tasdiqladi.

«Bizga hujum guruhida o'yinchilar yetishmayapti. Hujumchi, yarim himoyachi va qanot o'yinchisi bilan tarkibni kuchaytirishimiz zarur. Ushbu transferlar amalga oshgandan so'ng, kelajakka katta umid bilan qaraymiz. Umid qilamizki, bu bir hafta ichida ro'y beradi», - deya Burukning so'zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.

Esda tuting, «Galatasaray» yangi mavsumda Turkiya Superligasida unchalik muvaffaqiyatli boshlamadi va debyutant bilan durang o'ynadi.