Madridning «Real» darvozaboni Andrey Lunin boshqa klubga o'tishi mumkin.
27 yoshli futbolchining xizmatlari yaqinda «Yuventus»ga taklif qilingan, deb xabar bermoqda insayder Nikolo Skira. «Qadimiy qizil-qora» vakillari bu bitim ustida o'ylamoqda. Avvalroq Turin klubi «oq-qora» darvozaboniga qiziqish bildirgan edi, lekin aniq kelishuvga erishilmagan.
Andrey Lunin 2018 yildan buyon «Real»ga tegishli. U Madrid klubi safida jami 74 ta o'yin o'tkazib, 91 gol o'tkazib yuborgan, o‘tgan mavsumda esa 12 marta maydonga tushib, 21 ta golni o‘z darvozasidan o‘tkazib yuborgan. Futbolchining «qirol» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.
