Fransuz yarimhimoyachisi Yussuf Fofana «Milan»ni tark etishi aniq, unga bir necha ingliz klublari qiziqmoqda, deb xabar beradi mashhur italiyalik jurnalist Matteo Moretto. Ular orasida, xususan, «Nottingem Forest» ham bor, lekin bu bilan cheklanmaydi, deydi jurnalist.
Eslatib o'tamiz, Fofana 2024 yilda fransuz «Monako»dan «Milan»ga o'tgan, ammo yangi klubida to'liq o'rin ololmagan. Agar u «Milan»da yana bir o'yin o'tkazsa, bu uning klubdagi 50-yubiley o'yini bo'ladi.
Yangi Seriya A mavsumi kelasi haftaning oxirida boshlanadi.
