Fransuz darvozaboni «Milan»dan Mayk Menyann tanqidchilarga qiziqarli javob berdi. U buni ijtimoiy tarmoqdan foydalanib amalga oshirdi va Xoja Nasriddin va uning eshagini tasvirlaydigan rasmni joylashtirdi, bu hikoyaning asosiy g‘oyasi esa hamma odamni bir vaqtda qoniqtirishning imkoni yo‘qligidir.
Shu tariqa Menyann yana bir bor italiyalik matbuotning tanqidlariga javob berdi, deb xabar beradi pianetamilan.it. Tanqidning sababi esa Menyanning uzoq fransuz Polineziyasida dam olish kunlari uchun qo'shimcha kunlar so‘ragani bo‘ldi.
