«Barselona» milanlik Inter va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martinezni Xuliano Alvaresga muqobil sifatida ko'rib chiqmoqda.
Kataloniyaliklarning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik klub rahbariyatiga, agar Alvares bilan kelishuvga erishilmasa, argentinlikni zaxira variant sifatida ko'rishini ma'lum qildi.
Nemis mutaxassisi bilan birga «Barselona»ning sport direktori Deku ham bu fikrni qo'llab-quvvatlamoqda. Klub Alvares bilan kelishuv bo'yicha aniq natijaga erishish uchun oxirgi muddat sifatida joriy haftaning oxirini belgiladi, deb xabar beradi ElDesmarque.
Martinez 2018 yildan beri «Inter»da o'ynaydi. U Argentina terma jamoasida jahon chempioni va jahon kubogining kumush medali sohibidir.
28 yoshli hujumchining bozor qiymati Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra 85 million evrodir.
