«Fenerbahche» «Napoli»ga hujumchi Romelu Lukaquni transfer qilish bo'yicha yangi rasmiy taklif yubordi.
Mashhur insayder Fabrizio Romano xabar berishicha, turk klubi belgiyalik forvard uchun oltidan ortiq million evro taklif qilgan. Avvalroq tomonlar o'zaro muzokaralar olib borgan, ammo «Fenerbahche»ning birinchi taklifi rad etilgan. Lukaqu esa turk klubi bilan shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan. Endi «Fenerbahche» «Napoli» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va tomonlar kelishuvga yaqinlashmoqda.
Lukaqu hozirgi jamoasida 2024 yildan beri o'ynaydi. Uning hisobida «Napoli»da 45 uchrashuvda 15 gol va 11 assist mavjud.
