Italiyaning «Milan» klubining himoyachisi Zaxari Atekame fransuzning «Lion» klubida faoliyatini davom ettiradi. Klub o'rtasida 21 yoshli shveytsariyalik futbolchini ijaraga olish bo'yicha bir yillik kelishuvga erishildi, deya xabar bermoqda Milan News.
Atekame o'tgan mavsumda «Milan»ga shveytsariyaning «Yang Boyz» klubidan 10 million evro evaziga o'tdi. O'shandan beri u 33 ta o'yinda maydonga tushdi. Himoyachining hisobida 2 ta gol (Piza va «Djenoa»ga qarshi o'yinlarda), shuningdek, 5 ta assist va 5 ta ogohlantirish mavjud.
Atekamening bozor qiymati Transfermarkt portaliga ko'ra 15 million evroni tashkil etadi. U o'z mamlakatining yoshlar terma jamoasi safida 17 ta o'yin o'tkazgan.
