18 yoshli «Sassuolo» yarimhimoyachisi Darryl Bakola boshqa italiyalik klubga o'tishi mumkin. Bu haqda Gazzetta dello Sport jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, iste'dodli yarimhimoyachi Turinning «Yuventus» klubiga kerak. «Qadimiy qiz» o'yinchining transferi bo'yicha «Sassuolo» bilan muzokaralar olib bormoqda.
Turin klubi Bakolani yanvar yoki yozgi transfer oynasida sotib olishga umid qilmoqda. «Yuventus» o'yinchi uchun APL klublaridan oldinda chiqishni xohlaydi. Potentsial bitim summasi taxminan 30 million evroni tashkil etadi.
Hozirgi Seriya A mavsumida fransuz to'rt o'yinda qatnashdi va bir assist berdi.
