Italiyaning Djenoa jamoasining bosh murabbiyi Daniele de Rossi yozgi transfer oynasining muddatlarini tanqid qildi.
«Chempionat boshlanishidan keyin yopiladigan transfer oynasi – bu ahmoqlik. Bu bema'ni va xato, men bunday narsani kimning yoqtirishi va kimning bunga rozi bo'lishini tushunmayman. Bu vaziyat hamma uchun halokatli», - deydi murabbiy TMWga bergan intervyusida.
«Agar muddatni qisqartirsak, klublar va murabbiylar o'yinlar boshlanishidan oldin o'z tarkiblarini aniqroq bilishlari mumkin. Biz hammamiz bir qayiqda va bir darajada norozimiz», - qo'shimcha qildi mutaxassis.
Italiyaning Seriya Adagi yozgi transfer oynasi 28 iyunda ochildi va 2026 yil 1 sentyabrda yopiladi.
