Saudiyaning «Al-Ittihad» klubida o'ynayotgan qanot hujumchisi Mussa Diabi milanlik «Inter»ga o'tishi mumkin.
Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, «Inter» 27 yoshli fransuzga qiziqmoqda, u bilan birga leverkuzenlik «Bayer» ham raqobatlashmoqda. Diabi avval «Bayer»da o'ynagan va keyin Saudiyaga ko'chib o'tgan.
Xabarga ko'ra, «Inter» qanot o'yinchisini bir yilga ijaraga olib, 35 million yevro evaziga sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
O'tgan mavsumda Diabi barcha musobaqalarda 43 o'yin o'tkazib, 6 gol urdi va 15 golli uzatma berdi. Hozirda futbolchining «Al-Ittihad» bilan shartnomasi 2029 yilgacha davom etadi.
