Napadchi «Como» Alvaro Morata yaqinda yana bir bor klubini o'zgartirishi mumkin.
33 yoshli futbolchi bosh murabbiy Seska Fabregasning rejalari ichida yo'q. Forvard klubni tark etishga tayyor – buning uchun variantlar ko'p: insider Nikolo Skira xabariga ko'ra, futbolchiga Atlanta Yunayted (MLS) va Ispaniyaning Deportivo hamda Xetafe klublari qiziqish bildirmoqda, shuningdek, Qatarda, Saudiya Arabistonida va Meksikada ham talab mavjud.
«Como» Alvaro Moratani o'tgan yilning avgustida ijaraga olgan edi, va mavsum oxirida sotib olish shartnomasini faollashtirdi. Yevropa chempioni bo'lgan futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha davom etadi va uning qiymati Transfermarkt portalida 6 million evro deb baholanmoqda.
