«Fiorentina» o'z rasmiy saytida himoyachi Luka Ranyeri bilan shartnomani uzaytirilgani haqida e'lon qildi. Luka Ranyeri 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasiga imzo chekdi. Shartnomada yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ko'rsatilgan.
Luka Ranyeri «Fiorentina» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «fialka»ning asosiy jamoasida 164 o'yinda 12 gol urib, 6 golga uzatmalar berdi.
Shuni ta'kidlash joizki, Luka Ranyeri 2025 yilning yozida Italiya terma jamoasida debyut qilgan. Biroq, o'shandan beri himoyachi milliy jamoaga chaqirilmagan.
«Fiorentina» Italiya chempionatida 17-o'rinda turibdi.
