«Milan» rahbariyati ikki istiqbolli futbolchi bilan yangi mehnat shartnomalari tuzdi. Bunga klubning matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi shartnomalarni Fransesko Kamarda va Kristian Komotto oldi. Shartnomalar 2031 yilning iyun oyigacha davom etadi va bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud. Ikkala futbolchi ham «rossoneri» futbol akademiyasining tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.
O'tgan mavsumda Kamarda «Lechche» jamoasida, Komotto esa «Speziya»da o'ynadi.
O'tgan italiyan chempionatida milanlik jamoa 70 ball to'plab, turnir jadvalida beshinchi o'rinni egalladi. Jamoa UEFA Yevropa Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.




