Hujumchi «Monako» va AQSh terma jamoasining a'zosi Folaring Balogun fransuz Ligi 1 dan italiyaning Seriya A ga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilgan.
Manbaning ma'lum qilishicha, «qadimiy xonim» amerikalik futbolchini qishki transfer oynasida qo'lga kiritishga harakat qilmoqchi. Avvalroq Balogunni sotib olishda ingliz «Everton» qiziqish bildirgan edi, ammo shartnoma tibbiy ko'rikdagi muammolar tufayli amalga oshmadi.
25 yoshli futbolchining transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. «Monako» bilan amaldagi shartnoma 2028 yilning iyun oyining oxirida tugaydi.
