Tullio Tinti, Madridning «Atletiko» klubi himoyachisi Matteo Rujerining agenti, mijozining kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Fiorentina», «Roma» va yana bir Serie A klubi Rujeriga qiziqish bildirdi, lekin «Atletiko»ning rejasi aniq: ular uni saqlab qolmoqchi. Shuning uchun Matteo «Atletiko»da qoladi, - dedi Tinti Sky Sportsga bergan intervyusida.
Matteo Rujeri 2025 yilda 17 million evro evaziga «Atalanta»dan Madridning «Atletiko» klubiga o'tdi. Uning «matraschilar» bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 mavsumida himoyachi Madrid klubi uchun barcha musobaqalarda 47 o'yin o'tkazib, yetti golli uzatma berdi.




