Nikolo Dzanyolo «Udineze»da o'z faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, seshanba kuni Dzanyolo yangi kelishuvga imzo chekdi. Shartnoma 2029 yilning iyunigacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirish opsiyasini o'z ichiga oladi.
Kelishuv bo'yicha muzokaralar bir necha hafta davom etdi. Moliyaviy shartlar bo'yicha kelishmovchiliklar sababli Dzanyolo jamoaning oldindan tayyorgarlik mashg'ulotlarida qatnashmadi. Yangi shartnomaga ko'ra, u yiliga taxminan 2 million evro maosh oladi.
O'tgan mavsumda 27 yoshli futbolchi «Udineze»da barcha musobaqalarda 34 o'yin o'tkazib, 6 gol urdi va 6 golli uzatma berdi. Dzanyolo Italiyaning terma jamoasi safida 19 o'yinda 2 gol urgan.




