«Milan»ning qanot hujumchisi Kristian Pulisich Turkiya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttomercato xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, AQSh milliy terma jamoasi futbolchisi «Galatasaray»ning transfer maqsadiga aylangan, klub yozgi transfer mavsumida hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. «Milan» Pulisich bilan xayrlashmoqchi emas – klub rahbariyati, jumladan, egasi Jerri Kardinal, hujumchini jamoaning yetakchilaridan biri sifatida ko'radi.

O'tgan mavsumda 27 yoshli amerikalik «rossoneri» safida barcha turnirlarda 34 uchrashuv o'tkazib, 10 ta gol urdi va to'rt ta golli uzatma berdi. Pulisichning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda tugaydi.