«Inter» hujumchisi Lautaro Martinesning otasi o'g'lining kelajagi haqida fikr bildirdi.
«O'g'lim «Inter»ga yuragini berdi. «Inter» muxlislari esa unga o'z sevgisini berdi. U ushbu klub uchun juda ko'p narsani berdi. U «Inter» bilan yaqin aloqada, - dedi hujumchining otasi.
Lautaro Martines 2018 yilda «Rasing»dan «Inter»ga 25 million evro evaziga o'tdi. Uning Milan klubidagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. 2025/26 mavsumida hujumchi klub darajasida barcha musobaqalarda 41 o'yin o'tkazib, 22 gol urdi va olti golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Martinesning narxini 85 million evro deb baholamoqda.




