Italiyaning «Napoli» sobiq futbolchisi Raul Albiol klubdagi vaziyatni Massimiliano Allegri boshqarayotgan davrda tanqidiy baholamoqda.

«Allegri himoyaviy o'yin haqiqatan ham sharmandalik deb aytdimi? Buni bilmayman, lekin aniqki, hozirda asosiy e'tibor gol urishga qaratilgan. O'yinlar yanada ochiq bo'lib qoldi, himoya harakatlariga esa endi «eski maktab» belgisi sifatida qaraladi. Mening fikrimcha, ishonchli himoya muhim, chunki bu ishonch hissini beradi», - deydi Albiol calcionapoli1926.it saytida.

Albiol «Napoli»da 2013 yildan 2019 yilgacha o'ynagan.