Italiyaning Milan klubining sobiq futbolchisi Alessandro Kostakurta klubning ikki yangi yulduzi - Alfadjo Sisse va Davide Bartesagi ustida ortiqcha bosim bo'lishidan xavotirda.

«Menimcha, bu yoshlar o'zlariga va qobiliyatlariga juda ishonchli. Umid qilamizki, ularga ortiqcha bosim o'tkazmaymiz. Ularning yoshlar terma jamoasida (U-21) muvaffaqiyatli o'yinlari ularga foyda keltirgan deb o'ylayman: bolalar yaxshi o'ynaganda, bu butun jamoaning ruhini ko'taradi. Bunday o'yinlar o'ziga bo'lgan ishonchni yanada oshirishga yordam beradi - nafaqat alohida futbolchilar, balki jamoa uchun ham», - deydi Kostakurta pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, sobiq futbolchi 2007 yilda faoliyatini yakunlagan.