«Fiorentina» «Udineze» bilan yarimhimoyachi Artur Attaning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio o'z saytida ma'lum qildi.

Klub o'rtasidagi kelishuv 9-iyul tongida amalga oshirildi. Futbolchi agenti bilan birga Florensiyaga yo'l olmoqda va bugun tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.

Shartnoma umumiy qiymati bonuslar hisobga olganda taxminan 40 million evro deb baholanmoqda. Manbaga ko'ra, «Fiorentina» 25 million evro miqdorida asosiy summani to'laydi, «Udineze» esa futbolchining kelajakdagi qayta sotilishidan 30% ulushni saqlab qoladi.

Shuningdek, «Fiorentina»ning sport direktori Fabio Paratici fransuz yarimhimoyachisini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelmoqda va uni «Tottenxem»da ishlagan paytida ham qo'lga kiritmoqchi edi.

23 yoshli «Ren» va «Metz» akademiyalarida tarbiyalangan futbolchining «Udineze»da barcha musobaqalarda 63 o'yinda 6 gol va 4 assisti mavjud. Florensiyada futbolchi yiliga 1,3 million evro maosh oladi.